Yuragida o‘tkazilgan operatsiyadan keyin Stradinsh klinik shifoxonasining kardiologiya bo‘limida davolanayotgan Latviya prezidenti Raymond Veyonisning ahvoli kun sayin yaxshilanmoqda. Bu haqda LETA agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “Interfaks” xabar qilmoqda.
Prezident maslahatchisi Gusts Kikiustsning ma’lum qilishicha, davlat rahbari reja asosida muolaja olib bormoqda.
20-yanvar kuni Veyons yuragida operatsiya o‘tkazgan. Shifokorlar uning yuragida o‘rnatilgan klapanga ta’sir qilayotgan septik infeksiya aniqlagan. Operatsiya davomida klapan almashtirilgan.
Izoh (0)