Anqara Suriyaga qo‘shin yuborish niyatida emasligini ta’kidlamoqda. Turkiya mudofaa vaziri Ismat Yilmaz shu mazmundagi bayonot bilan chiqish qildi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Suriya chegarasi Turkiya tomonidan buzilganligi haqidagi savolga javob berar ekan, Yilmaz “bu yolg‘on” deb aytdi. “Turkiyalik harbiylarni Suriya Arab Respublikasiga yuborish fikri yo‘q”, — dedi mudofaa vaziri.
Eslatib o‘tamiz, Damashq Turkiya chegarasi orqali Suriya hududiga pulemyotlar bilan jihozlangan 12 ta pikap kirib kelganligini va ularda 100 ga yaqin qurollangan jangchilar bo‘lganligi xabar qilgan edi.
Izoh (0)