Koreya Respublikasi hukumati Shimoliy Koreyadan kelayotgan kemalarning o‘ziga tegishli portlarga kirishini taqiqlaydi. Bu haqda Yonhap agentligi ma’lumotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bu va boshqa taqiq choralari ayni kunlarda ko‘rib chiqilmoqda. Taqiqlar BMT Xavfsizlik Kengashi KXDRga nisbatan 6-yanvar va 7-fevral kunlari o‘tkazilgan yadroviy qurol sinovlari tufayli sanksiyalar joriy qilishi bilan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, 2010-yildan e’tiboran Janubiy Koreyada shimoliy qo‘shnisiga tegishli kemalarni o‘z portlariga va suv hududiga kiritmaslik borasidagi taqiq amal qiladi. O‘shanda mamlakat harbiy-dengiz kuchlariga tegishli “Chxonan” korvetining halokati oqibatida 46 dengizchi halok bo‘lgandi. Fojia Shimoliy Koreya suv osti kemasi uyushtirgan hujum oqibatida yuz bergani taxmin qilingan edi.
Izoh (0)