O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi umumiy ovqatlanish muassasalariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilganini eslatdi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Qo‘mitaning “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablariga asoslanib qayd etishicha, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart.
Qo‘mita iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablari bajarilishini o‘rganish davomida OAV, internet, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda turli umumiy ovqatlanish korxonalari (restoranlar, kafelar, barlar va boshqalar)dagi (estrada yulduzlari ishtirokidagi) konsert tadbirlari haqida berilayotgan reklama ma’lumotlari fonogrammadan foydalanilishi haqidagi axborotsiz taqdim etilayotganini aniqlandi.
Ta’kidlashlaricha, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qaroriga muvofiq, konsert-tomosha faoliyatini tashkil etish uchun tegishli litsenziya bo‘lishi va konsert-tomosha tadbiri uchun bir martalik ruxsatnoma bo‘lishi shart.
Izoh (0)