Avstraliyada takroran Zika virusi bilan kasallanish holati aniqlandi
Kvinslend shtatining hukumati shtatda Zika virusi bilan kasallanish holati joriy yilda takroran qayd etilganligini bayon qildi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Avstraliyada hozirga qadar virus bilan kasallangan odamlar soni 24 nafarni, shu jumladan, joriy yilda uch nafarni tashkil etdi. Kasallangan avstraliyaliklar barcha holatlarda chet elda bo‘lib kelgan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar