AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod Donald Trampning samolyoti dvigatelidagi texnik nosozlik tufayli majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Boeing 757 samolyoti Nyu-Yorkdan Arkanzas shtatidagi Litl-Rok shahriga yo‘l olgan edi. AQSh Federal aviatsiya ma’muriyatining ma’lum qilishicha, ekipaj nosozlik haqida xabar qilgan va Tennessi shtatidagi Neshvillda muvaffaqiyatli qo‘ngan.
Trampning Litl-Rok shahrigacha boshqa samolyotda yetib olishiga to‘g‘ri kelgan. Uning tarafdorlari bilan uchrashuvi taxminan bir yarim soatga kechiktirilgan.
Izoh (0)