Brent turidagi neft narxi bir barrel uchun 35 dollardan pastladi, WTI turi narxi esa qimmatlamoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
London birjasida Brent turidagi neft uchun aprel shartnomalari kotirovkasi avval bir barrel uchun 35,22 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay bu ko‘rsatkich 34,98 dollargacha tushgan.
3-fevral, chorshanba kungi savdolar yakuni bo‘yicha Brent narxi 7,1, WTI esa 8 foizdan oshiqqa ko‘tarilgan.
Izoh (0)