Kreml Suriyada halok bo‘lgan rossiyalik harbiy maslahatchi ismi-sharifini oshkor etmadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Mudofaa vazirligining bu borada o‘zining tartib-qoidalari mavjud, shu bois, tabiiyki, buni ayta olmaymiz”, deya izoh bergan Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Halok bo‘lgan harbiyning taqdirlanishi haqidagi savolga javoban, “agar mukofotlanish to‘g‘risidagi hujjat ochiq tusda bo‘lsa, bu haqda xabar beriladi”, deya ishontirgan.
Matbuot kotibi maslahatchi harbiy operatsiyada qatnashmagani, balki suriyalik harbiylarni Rossiya yetkazib beradigan texnikadan foydalanishga o‘rgatganini ma’lum qildi. Maslahatchi qayerda halok bo‘lgani haqidagi savolga esa “o‘rgatishlar maqsadga muvofiq deb topilgan hududda o‘tkaziladi”, deya noaniq javob bergan.
Eslatib o‘tamiz, Suriya muxolifati mamlakatning Turkiya bilan chegarasi yaqinida 15 nafar Rossiya va Suriya harbiy xizmatchilari o‘ldirilgani, ular orasida to‘rt nafardan rossiyalik va suriyalik generallar bo‘lgani haqida xabar bergandi. Rossiya mudofaa vazirligi faqat birgina rossiyalik harbiy maslahatchi halok bo‘lganini tasdiqladi.
Izoh (0)