Euronews telekanali Postcards (“Otkritkalar”) deb nomlanuvchi ko‘rsatuvlar sikli orqali O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosini yoritishda davom etmoqda, deb yozadi UzReport.
1-fevral kuni telekanalda “O‘zbekistondan otkritkalar: Rishton kulolchiligi” dasturi efirga chiqdi. Suratga olish jarayonida Euronews jurnalistlari eng taniqli usta kulollardan biri Rustam Usmonov ustaxonasiga tashrif buyurdi.
Ushbu epizod translyatsiyasi 7-fevralga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekistondan otkritkalar”ning birinchi reportaji Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasiga, ikkinchi reportaji Xiva obidalari — Ichan-qal’a va Kalta Minorga, uchinchi reportaji Xivadagi Tosh-hovli saroyiga, to‘rtinchisi Marg‘ilon shoyisiga bag‘ishlangandi.