Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi jangarilarining Diyarbakir shahridagi Sur tumanida uyushtirgan hujumi oqibatida ikki nafar turkiyalik harbiy halok bo‘ldi, uch nafari og‘ir yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Turkiya harbiy idorasining bayon qilishicha, aksilterror operatsiyasini o‘tkazish davomida, terrorchilar tomonidan Sur tumanida uyushtirilgan hujum oqibatida uch nafar harbiy va ikki nafar politsiyachi og‘ir tan jarohati oldi. Yaralanganlar shifoxonaga yuborilgan bo‘lsa-da, ikki nafar harbiy olingan jarohatdan vafot etdi.
Izoh (0)