Toshkent hayvonot bog‘iga yangi hayvonlar – mahalliy hayvonot dunyosi vakillari – qulonlar, Prjevalskiy otlari, Buxoro tog‘ qo‘ylari va jayronlar olib kelindi. Bu haqda Toshkent hayvonot bog‘i matbuot xizmati xabar beradi.
Hayvonot olamining ushbu turlari respublikaning yovvoyi tabiatida yashagan bo‘lib, ularning soni kamayib borgan va qirilib ketish yoqasiga kelib qolgan.
Hozirda ular hayvonlarning noyob turlarini ko‘paytirish bilan shug‘ullanuvchi Buxorodagi pitomnik – “Jayron” ekomarkazida yashab, ko‘paymoqda.
Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati yangi hayvonlar yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashib, bu yerga tashrif buyurgan odamlarning e’tiborini o‘ziga jalb etishiga umid qiladi.
Izoh (0)