Qozog‘istonning Olmaota shahri atrofidagi tog‘larda polshalik sayyoh jasadi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.

Foto: Kazakhstan Today

Foto: Kazakhstan Today

Noqulay ob-havo sharoitiga ko‘ra vertolyot jalb etishning imkoni bo‘lmagani tufayli qutqaruvchilar tomonidan hodisa joyiga piyoda chiqishga qaror qilindi. 28-yanvar, payshanba kuni jasad ichki ishlar xodimlariga topshirildi.

25-yanvar, dushanba kuni Olmaota tog‘lari atrofida polshalik sayyoh yo‘qolib qolgani haqida ma’lumot olingan. Sayyoh Chimbuloq tog‘-chang‘i kurorti tomonga sayrga chiqadi. Ertasiga qutqaruvchilar uning jasadini Talga darasi qiyaligida aniqladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak sovuqdan nobud bo‘lgan. U rasman hech qayerda ro‘yxatdan o‘tmagani, safar yo‘nalishini kelishmagani aytilmoqda.