Qozog‘istonning janubi-sharqi, Olmaota viloyatida sanaviatsiya vertolyoti halokatga uchrashi oqibatida qurbon bo‘lganlarning barchasi topilib, qidiruv ishlari yakunlandi. Bu haqda hududiy favqulodda vaziyatlar xizmati bergan ma’lumotlarga asosan “Interfaks” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, “Aspan” jamiyatiga tegishli bo‘lgan va bemor bolani Usharal shahridan Taldiqo‘rg‘on shifoxonasiga olib ketayotgan MD-600 rusumli vertolyot bilan aloqa 27-yanvar, chorshanba kuni yo‘qolgan.
Vertolyotning bortida uchuvchi, shifokor gematolog, feldsher, 2015-yilda tug‘ilgan bemor bola va uning onasidan iborat besh kishi bo‘lgan.
Izoh (0)