Sinay shimolida 27-yanvar, chorshanba kuni yuz bergan terakt natijasida misrlik to‘rt nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, 12 nafari yaralandi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, Shimoliy Sinay provinsiyasining poytaxti Al-Arish shahridan janubda armiya zirhli mashinasi yasama bomba yordamida portlatib yuborilgan.
Halok bo‘lganlar orasida ofitser va uch nafar muddatli harbiy xizmatchi bo‘lgan.
Izoh (0)