Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning “NTV” telekanali Lyudmila Putinaning ehtimoliy yangi turmushi haqida syujet tayyorladi, deya xabar bermoqda “RBK”. Uni faqat Uzoq Sharqdagi tomoshabinlar ko‘rishi mumkin bo‘ldi.

Foto: AP

Foto: AP

“Yana turmush qurdimi?” deb nomlangan rolik uch daqiqa davom etdi. U Vladimir Putin sobiq xotinining shaxsiy hayoti internetda qanday muhokama qilinayotgani haqida so‘zlab beradi.

“Nikoh haqidagi guvohnomani hech kim ko‘rgani yo‘q, turmush qurganlik haqidagi xulosa Putinlar egalik qilgan ko‘chmas mulk hujjatlari asosida chiqarildi”, — deyiladi syujetda. Shuningdek, Lyudmila Putina Ocheretnaya familiyasiga o‘tganligi taxmin etiladi. “Uning haqiqiy deb taxmin qilinayotgan Facebook’dagi sahifasida avvalgi ism-sharif turibdi. U mushuklar rasmini qo‘yadi, tarmoq testlarida qatnashadi, do‘stlari bilan muloqot qiladi, ular orasida jamiyat arboblari yo‘q, ammo ehtimoliy turmush o‘rtog‘i — Shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish markazi rahbari 38 yoshli Artur Ocheretniy bor”, — deya ta’kidlanadi ko‘rsatuvda.

58 yoshli Lyudmila Putina Shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish markazi rahbari — 37 yoshli Artur Ocheretniyga turmushga chiqqani, shu sababli familiyasini o‘zgartirgani haqida 25-yanvar kuni xabar berildi.

26-yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu xabarlar yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi. Qayd etish joiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning ayoli — Lyudmila Putina 2013-yilda ajrashishga qaror qilgandi. Shundan beri Putin rasman bo‘ydoq sanaladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi