“Taxtlar o‘yini” serialining Twitter’dagi rasmiy sahifasida telesaganing yangi tizerlari taqdim etildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Taqdim qilingan uchta rolikda yangi seriyalardan kadrlar yo‘q, ammo fondagi ovozlar Targariyenlar, Lannisterlar va Starklarning kelajagiga ishora qiladi.
Roliklarda temir taxtni egallashni istagan uchala oilaning yirtilib ketgan va hilpirab turgan bayroqlari ko‘rsatiladi.
Starklar haqidagi video: “Uinterfell qasri — meniki”.
https://twitter.com/GameOfThrones/status/690656009040166912
Lannisterlar haqidagi video: “Har birimiz qashshoqmiz va hokimiyatdan ajraldik, ammo biz birgalikda imperiyani ag‘darishimiz mumkin”.
https://twitter.com/GameOfThrones/status/690656580212109312
Deyneris Targariyen haqidagi video: “Sen hech kimsan… Qirolicha hech kim”.
https://twitter.com/GameOfThrones/status/690656368097792000
“Taxtlar o‘yini” serialining oltinchi mavsumi aprel oyidan boshlab namoyish etiladi.
Izoh (0)