Aktrisa Ra’no Shodiyeva farzandlarini har doim mehr bilan tinglashga harakat qiladi. U bu haqda “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Ko‘pgina onalardan: ‘Bola bilan do‘st bo‘lish kerak’, — degan fikrni eshitganman. Ammo shaxsan o‘zim bu fikrga oqlamayman”, — deydi aktrisa.
“Farzand bilan onalik munosabatini saqlab qolish o‘ta muhim. Men farzandlarim bilan do‘st emas, ona sifatida fikrlashaman”, — dedi Ra’no Shodiyeva.
“Ularni doim mehr bilan tinglashga harakat qilaman. Xatolari bo‘lsa, tushuntirib, muammolarini hal qilishga harakat qilaman”, — dedi aktrisa.
Ra’no Shodiyevaning fikricha, farzand aynan shunday holatda o‘z qalbida kechayotgan tuyg‘ularni ota-onasiga ayta oladi.
Izoh (0)