Aktrisa Liya Axejakova Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yish uchun unga pul taklif qilinganligini so‘zlab berdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Aktrisaning so‘zlariga qaraganda, unga o‘zini “Apostol” kompaniyasining xodimi deb tanishtirgan erkak qo‘ng‘iroq qilib, Checheniston rahbarini qo‘llab-quvvatlash haqidagi xatni imzolashni taklif qilgan. Axejakova rad etgandan so‘ng, erkak unga qayta qo‘ng‘iroq qilib, bu safar imzo uchun o‘n ming dollar taklif qilgan.Aktrisa erkak kishining shundan keyin ham bir necha marta qo‘ng‘iroq qilganligini va bu kabi surbetlikka shu paytgacha duch kelmaganligini ma’lum qildi.
“Apostol” strategik kommunikatsiyalar markazi kompaniya hech qachon Ramzan Qodirov bilan hamkorlik qilmaganligini va uni qo‘llab-quvvatlash uchun imzo to‘plashga hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)