Xonanda Lola (Yo‘ldosheva) litsenziyasi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan olib qo‘yilgan davr o‘zi uchun “misoli maktab” bo‘lganini ta’kidladi. U bu haqda “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Litsenziyamdan mahrum qilinganlik haqidagi rasmiy qog‘oz, obrazli qilib aytganda, qanotimni qayira olmadi, ijod qilishdan to‘xtatolmadi. Yaratish uchun qog‘ozdagi ruxsat bo‘lishi shart emas”, — dedi xonanda.
“Litsenziyamning vaqtincha to‘xtatilishi meni efirga chiqish, konsertlar qo‘yish imkoniyatidan mahrum etgan bo‘lsa-da, o‘zligimni topishga yordam berdi”, — dedi Lola.
Izoh (0)