KXDRda Amerikaning Virjiniya shtatidagi universitetning talabasi Otto Frederik Vombiyer hibsga olindi. Bu haqda STAK agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, amerikalik talaba KXDRga sayyoh sifatida kelib, “AQSh hukumatining e’tirozsiz ma’qullashi bilan KXDRga nisbatan dushmanlarcha harakatlari uchun hibsga olingan”. Xabardan ma’lum bo‘lishicha, uning faoliyati yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.
AQSh va KXDR diplomatik munosabatlarga ega emas. Ko‘p yillardan buyon ularning o‘rtasida siyosiy darajadagi keskinlik saqlanib kelmoqda. Shunga qaramasdan, KXDR hukumati Amerika fuqarolariga mamlakatga sayyoh tariqasida tashrif buyurishni taqiqlamagan.
Izoh (0)