Kolumbiya armiyasida xizmat qiluvchi, portlovchi vositalarni topishga o‘rgatilgan it mamlakatning janubi-sharqida 30 nafar askarni qutqarib, o‘zi minaning portlab ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda harbiy manbalarga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Hodisa Kauka departamenti shimolidagi Suares shahrida yuz bergan. Bir guruh harbiylar Asabache laqabli labrador bilan kichikroq qishloqda bo‘lgan. Asabache oxirgi uch yil davomida Kolumbiya armiyasining uchinchi diviziyasining operatsiyalarida ishtirok etib kelgan.
Bo‘linma giyohvandlik vositalari savdosi juda rivojlangan, yetib borish qiyin hisoblangan hududda bo‘lgan. Portlash ovozini eshitgan askarlar itga birinchi yordam ko‘rsatish uchun shoshilgan. Vertolyot Asabacheni Kali shahrining veterinariya markaziga yetkazgan.
Veterinarlarning ma’lum qilishicha, portlash to‘lqini itda ichki jarohatlarga olib kelgan va buning natijasida u halok bo‘lgan.
Izoh (0)