67 yoshli Lini Lattanzio o‘zini “telba mushukboz” deb ataydi, u o‘zining uyidan 1100 dan ortiq, jumladan, 300 ta mushuk bolasiga boshpana bergan. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Ayolning so‘zlab berishicha, hayoti davomida u 28 ming mushukka boshpana bergan. Uning bu mashg‘uloti 1992-yilda boshlangan. O‘shanda uning otasi bir nechta yangi mushuk topishni undan iltimos qilgan. Ayol mushuklar saqlanuvchi manzilga borib, u yerdan 15 ta mushukni uyiga olib kelgan. O‘sha yilning oxiriga kelib, u 96 ta mushukka boshpana bergan.Hozirgi paytda mushuklar uchun boshpana shu qadar kattaki, Liniga maxsus xodimlar va volontyorlar yordam bermoqda. Yiliga mushuklar armiyasiga 1,6 million dollar sarflanadi. Ayol mushuklarga uyidan boshpana berishdan tashqari, ularga yangi uylar topishga harakat qiladi.
https://www.youtube.com/watch?v=MLhesmKn4Cs
Izoh (0)