Argentina hukumati jamoat xavfsizligi sohasida favqulodda holat joriy qilishga va jinoyatchilikning keng tarqalganligi munosabati bilan havo hududidagi nazoratni kuchaytirishga qaror qildi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Favqulodda vaziyat uyushgan jinoyatchilikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida butun mamlakat bo‘ylab bir yil muddatga joriy qilindi.
Prezidentning qarori bilan havo hududini himoya qilish yo‘lida qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilishi nazarda tutilgan bo‘lib, shu jumladan, mamlakatning harbiy kuchlariga “Argentina havo hududiga uchib kirgan giyohvandlik vositalarini tashuvchilarni ogohlantirish, qo‘rqitish va so‘nggi chora sifatida kuch ishlatish”ga ruxsat berildi.
Shuningdek, rasmiylar tomonidan xavfsizlik, mudofaa va transport vazirliklariga mamlakatning port va hududiy suvlari ustidan nazoratni kuchaytirish haqida ko‘rsatma berildi.
Izoh (0)