Toshkent shahrining Yashnobod tumanida asfaltdan chiqib turgan va haydovchilarga katta noqulaylik tug‘dirib kelgan quvur bo‘laklari olib tashlandi. Bu haqda UZ24 xabar beradi.
Quvur bo‘laklarini qazib olish bo‘yicha ko‘ngillilar safida haydovchilarning o‘zlari, shuningdek, Yo‘l-patrul xizmati xodimlari va “Toshshaharnur” davlat unitar korxonasi xodimlari qatnashdi. Tashkilot xodimlari tomonidan tekin professional yordam ko‘rsatildi.
Natijada yo‘l qoplamasidan chiqib turgan bo‘laklar muvaffaqiyatli olib tashlandi. Ushbu quvur parchalari Botkin qabristoni yaqinidagi Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidagi yo‘l yuzasida chiqib turgan edi.
“Ajoyib ish qilinibdi! Kecha ularning ishlayotganligini ko‘rgan edim. Bu quvurlar olib tashlanmaganda, yaqin kunlarda qaysidir haydovchi shubhasiz ularning ustidan o‘tishi mumkin edi”, — deb yozdi Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolaridan biri.
Izoh (0)