Tailand janubidagi karaoke restoranida yuz bergan ikkita portlash oqibatida bir nafar ayol halok bo‘ldi, yana yetti kishi jabrlandi. Bu haqda Bangkok Post xabar beradi.
Hodisa 18-yanvar, dushanba kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 23:30 da Songkxla viloyatida sodir bo‘ldi. Noma’lum shaxs restoranga qo‘l granatasini uloqtirib yuborgan. Natijada 28 yoshli ayol halok bo‘ldi. 40 yoshli ayol oyog‘idan ajraldi, yana olti kishi turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.
Biroz vaqtdan so‘ng, hodisa joyidan o‘n metr masofada ikkinchi portlash sodir bo‘ldi. Uning natijasida hech kim jabrlanmadi.
Politsiya hodisa sabablari va vaziyatlarini aniqlashtirmoqda.
Izoh (0)