Xitoyning Fensin uyezdida 19-yanvar, seshanba kuni ertalab yo‘ltanlamas avtomashinasi katta tezlikda bir to‘da piyodaga kelib urildi. Bu haqda “Soxu” portali bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 18 kishi turli darajada tan jarohati oldi.
Ma’lum qilinishicha, zarar ko‘rganlarning ko‘pchiligi maktab o‘quvchilari bo‘lib, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.
Transport vositasining haydovchisi politsiya tomonidan qo‘lga olindi.
Ta’kidlanishicha, haydovchining yonidan pichoq topilib, uning qorin qismida sanchishdan hosil bo‘lgan yara borligi aniqlangan.
Politsiya sodir bo‘lgan hodisa sabablariga aniqlik kiritmoqda.
Izoh (0)