Taniqli fotosuratchi Muhiddin Ali Instagram’dagi sahifasida O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonovaning yangi fotosuratini e’lon qildi.
Muhiddin Ali surat ostida: “Zulayho Boyxonovaning bahoriy kayfiyatdagi banneri uchun”, — deya izoh qoldirgan. Instagram foydalanuvchilaridan biri xonanda bu suratda yosharib ketganini qayd etib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Zulayho Boyxonova 1963-yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. U 1996-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2003-yilda esa O‘zbekiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan.
Qayd etish joiz, fotosuratchi Muhiddin Ali bilan so‘nggi vaqtlarda qator taniqli san’atkorlar hamkorlik qilmoqda. Ular orasida Shahzoda, Nilufar Usmonova, Munisa Rizayeva, Jo‘rayevlar sulolasi, Farhod va Shirin kabilar bor.
Izoh (0)