Nyu-Yorkda Eagles guruhining asoschisi Glenn Fray 67 yoshida vafot etdi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Reuters agentligining ma’lum qilishicha, Fray oxirgi vaqtlarda ko‘p betob bo‘lgan. U revmatik artrit, yarali kolit va zotiljam xastaliklaridan azob chekib kelgan. Ushbu kasalliklarning asoratlari uning sog‘lig‘ini izdan chiqarib, o‘limga olib kelgan.
Detroytda tug‘ilgan Fray dastlab qo‘shiqchi Linda Ronshtadtning guruhida gitara chalgan bo‘lsa, 1971-yilga kelib Don Xenli bilan birga janubiy Kaliforniyada Eagles guruhiga asos solgan. Hotel California, Already Gone va Take it Easy kabi qo‘shiqlari bilan rok-guruh nafaqat AQSh, balki butun dunyoga mashhur hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, aynan Fray va Xenli Eagles’ning aksariyat qo‘shiqlariga mualliflik qilgan.
1980-yilda guruh tarqalib ketgandan so‘ng, Fray yakkaxon faoliyatini davom ettirib, The Heat is On, Smuggler’s Blues, The One You Love kabi qo‘shiqlarni yaratgan.
1994-yilda Eagles yana birlashib, Hell Freezes Over albomini chiqargan. 2015-yilda guruhning rejalashtirgan konserti Frayning betobligi tufayli 2016-yilga ko‘chirilgan edi.
Izoh (0)