Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Netflix videoservisi “Qartadan yasalgan uy” seriali to‘rtinchi mavsumining tizerini namoyish qildi, deb yozadi Meduza. Yangi mavsumni to‘liq holda Netflix’da 2016-yil 4-martda ko‘rish mumkin.

Nashr eslatishicha, 2015-yil dekabrida Netflix serialning yangi mavsumini qo‘llab-quvvatlab boshqa rolik chiqargan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ommabop Netflix onlayn-kinoteatrini jahonning 130 mamlakatida, jumladan, O‘zbekistonda ham tomosha qilish imkoni paydo bo‘lgani xabar berilgan edi. Bungacha Netflix sayti o‘zbekistonliklar uchun yopiq edi, biroq endi unda bemalol ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladi.

Netflix nafaqat boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan film va seriallarni tarqatadi, balki o‘zi ham ekran asarlarini tayyorlaydi. Netflix’ga tegishli seriallar orasida “Qartadan qurilgan uy” (“House of Cards”), “Jessika Jons” (“Jessica Jones”), “Daredevil”, “Orange Is the New Black” va boshqa shu kabilar bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Bundesliga. “Bavariya” safarda g‘alaba qozondi va Germaniya chempioniga aylandi, “Borussiya D” o‘z maydonida “Mayns”ni yenga olmadi 
Dunyo
Yuk mashinasidan chiqqan natsistlar bayrog‘i, Buddaning tug‘ilgan kuniga atalgan ajdaho, model bo‘lgan chixuaxua — hafta suratlari
Mahalliy
Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi YTH sodir qildi