Wi-Fi simsiz aloqa moduli bilan ta’minlangan mashhur Hello Barbie qo‘g‘irchog‘i xavfsizligingiz uchun tahdidni yuzaga keltirishi mumkin. Bu haqda MasterCard’ning prezidenti Ajay Banga bergan ma’lumotga tayanib, “Hi-tech.mail.ru” xabar beradi.
Banga qo‘g‘irchoqlarning xavfli ekanligini Nyu-York universitetida bo‘lib o‘tgan kiberxavfsizlik bo‘yicha konferensiyada ma’lum qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, jinoyatchilar Mattel’ning yangi qo‘g‘irchoqlari ovozi ustidan nazoratni qo‘lga kiritib, bolani uyga kirish uchun ruxsat berishga ko‘ndirish maqsadida foydalanishi mumkin.
Xakerlar qo‘g‘irchoq tizimini buzib, u orqali uch yoshli bolaga “Oying uydami?”, “Menga eshikni ocha olasanmi?” yoki “Men sizlarnikiga mehmonga borayapman” kabi so‘zlarni aytishi mumkin.
Ajay Banganing ma’lum qilishicha, Hello Barbie kabi qurilmalardan foydalanib, har kuni MasterCard tizimini buzishga 15 minggacha urinish amalga oshiriladi.
Izoh (0)