Joriy yilning kuz faslida AQSh prezidenti Barak Obama qochoqlarga yordam ko‘rsatish mavzusida BMT sammitini chaqiradi. Bu haqda 13-yanvar kuni AQSh davlat kotibi Jon Kerri Vashingtonda milliy mudofaa universitetidagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Uning aniqlik kiritishicha, uchrashuv BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
“Shu kuzda prezident Obama Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining sessiyasi doirasida sammit o‘tkazadi”, — deb ta’kidladi davlat kotibi.
Kerrining so‘zlariga qaraganda, uchrashuv davomida “yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro gumanitar tizimni kuchaytirish, qochoqlarni ko‘chirish va ularni qabul qilish uchun imkoniyatlarni oshirish va moliyalashtirish yuzasidan harakatlar” muhokama etiladi.
Izoh (0)