Moskvaning 75 ta qabristoni kassalarida 2016-yilda bank terminallari paydo bo‘ladi. Bu haqda 13-yanvar, chorshanba kuni poytaxt hukumati sayti xabar beradi.
“Ritual” davlat byudjet muassasasining rahbari Artyom Yekimovning so‘zlariga qaraganda, tizimni joriy etish Moskvaning har kuni ko‘mish ishlari amalga oshiriluvchi asosiy qabristonlaridan boshlanadi. Ular jumlasiga Xovanskoye, Perepechinskoye va Nikolo-Arxangelskoye qabristonlari kiradi.
Mutaxassislar ekvayring (bank kartalarini mahsulot yoki xizmatlar uchun to‘lov vositasi sifatida qabul qilish) bo‘yicha zarur hujjatlarni tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda. Servisni yetkazib beruvchi tanlov asosida aniqlanadi.
Izoh (0)