Isroil aviatsiyasi G‘azo sektori chegarasida falastinlik jangarilar guruhiga nisbatan hujum uyushtirdi. Ulardan kamida bir nafari o‘ldirilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Isroil Mudofaa armiyasi vakili Piter Lernerning so‘zlariga qaraganda, jangarilar chegara patruli yo‘liga portlovchi modda zaryadini joylashtirgan.
“Isroil Harbiy-havo kuchlari G‘azo sektorining shimoliy chegarasida Isroil Mudofaa armiyasi kuchlariga qarshi portlovchi moddani harakatga keltirishni rejalashtirgan terrorchilik guruhiga zarba berdi”, — dedi u jurnalistlarga.
Manbalarning ma’lum qilishicha, aviahujum natijasida bir nafar falastinlik halok bo‘lgan, uch nafari jiddiy jarohat olgan.
Izoh (0)