Afg‘onistonning Jalolobod shahrida xorijiy konsulxonalar yaqinida portlash yuz berdi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “RBK” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, portlash Hindiston, Pokiston va Eron konsulligi oldida eshitildi.Portlash sabablari hozircha noma’lum. Hodisa tufayli mumkin bo‘lgan qurbonlar va yetkazilgan zarar haqida ma’lumotlar berilmadi.
Eslatib o‘tamiz, 5-yanvar kuni ham Hindiston, Pokiston va Eron konsulxonalari joylashgan tumanda portlash yuz bergan edi.
Izoh (0)