2016-yil 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Vatan himoyachilari kuni (14-yanvar) munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Farmonga muvofiq, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdagi alohida xizmatlari, davlatning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralari daxlsizligini ta’minlash ishiga qo‘shayotgan katta hissasi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki, milliy manfaatlarni himoya qilish hamda tinchlik, barqarorlik va jamoat tartibini ta’minlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun bir guruh Vatan himoyachilari quyidagi faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi:
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni
- “Mehnat shuhrati”
- I darajali “Shon-sharaf” ordeni
- II darajali “Shon-sharaf” ordeni
- “Do‘stlik” ordeni
- “Mardlik” orden
- “Jasorat” medali
- “Sodiq xizmatlari uchun” medali
- “Shuhrat” medali
Izoh (0)