Fojiali voqea “Dakar – 2016” rallisining Boliviya hududidagi 7-bosqichida sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sportbox.ru” xabar qilmoqda.
Maxsus yo‘lning 82-kilometrida fransuz Lionel Bodning avtomashinasi 63 yoshli erkakni urib ketishi oqibatida tomoshabin halok bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, “Dakar – 2016” rallisi “muqaddimasi” xitoylik poygachi ayol Go Meylinning avtomobili tomoshabinlarni yorib kirgach, to‘xtatilgandi. Avariya oqibatida 10 kishi tan jarohati olgan bo‘lib, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.
Izoh (0)