Chevrolet Las-Vegasda bo‘lib o‘tayotgan CES 2016 xalqaro ko‘rgazmasida “xalq elektromobili” — Bolt EV 2017 ni namoyish etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Avtomobil bir marta quvvat olgach 320 kilometrdan oshiq masofa yuradi.
Unga sensorli 10,2 displeyli MyLink multimedia tizimi o‘rnatilgan. Orqa ko‘rinish kamerasi va mashinani “qush parvozi balandligidan” ko‘rish imkonini beruvchi Surround Vision tizimi bilan jihozlangan.
Elektromobilni Wi-Fi’ga ulanish nuqtasiga aylantirish mumkin, buning uchun OnStar 4G LTE xizmati o‘rnatilgan. Smartfonlar uchun mo‘ljallangan MyChevrolet Mobile App dasturi orqali avtomobil holatini masofadan turib nazorat qilish va ayrim funksiyalari, xususan, iqlim qurilmasini boshqarish mumkin.
Bolt EV 2016-yil oxirida ishlab chiqara boshlanadi, ommaviy bozorga esa 2017-yil boshida chiqadi. Narxi taxminan 30 ming dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
https://youtu.be/qy3JnNjv6uU
Izoh (0)