Chevrolet kompaniyasi yangi avlod Cruze xetchbekini taqdim etdi, u 11-yanvarda Detroytdagi motorshouda rasman namoyish etiladi, deb yozadi Motor. “Sedan” kuzovli model esa o‘tgan yilning yozida taqdim etilgan edi.
Xetchbek General Motors konsernining yangi modul platformasi asosida qurilgan, u Opel Astra oilasi uchun foydalanib kelinadi. Cruze modeli segmentdagi eng uzun g‘ildirak asosiga ega bo‘ldi (2700 mm) va o‘zidan avvalgi modeldan 91 kilogrammga yengilroq bo‘ldi.
Yangi model 153 ot kuchiga ega 1.4 turbo dvigatel bilan birga taklif qilinadi, u olti pog‘onali mexanik uzatish qutisi yoki olti diapozonli “avtomat” bilan juftlikda ishlay oladi. Chevrolet Cruze tezligini sakkiz soniyada soatiga yuz kilometrgacha oshira oladi.
Xetchbek kuzda sotuvga chiqadi.
Izoh (0)