2015-yilning so‘nggi 5 kunida amerikalik politsiyachilar xizmat o‘tash davomida 20 dan ziyod odamni otib o‘ldirdi. Bu haqda Washington Post gazetasi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
“2015-yil davomida politsiyachilar jami 986 nafar kishini otib tashladi va bu ko‘rsatkich Federal qidiruv byurosi tomonidan so‘nggi 10 yil davomida chop etib kelinadigan o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘p”, ― deya ma’lum qildi gazeta.
O‘tkazilgan jurnalistik tekshiruv natijalariga ko‘ra, 2015-yilda politsiya qurbonlarining aksariyat qismi qurollangan bo‘lib, o‘ldirilganlar sonining yarmini oq tanli odamlar tashkil etgan. Shu bilan birga, mahalliy aholi sonidan kelib chiqib hisoblaganda, huquq-tartibot organlari tomonidan otib tashlangan qora tanli odamlar oq tanlilarga nisbatan uch barobarga ko‘p bo‘lgan. Shuningdek, politsiyachilar tomonidan otib tashlangan qurolsiz odamlarning 40 foizini afroamerikaliklar tashkil qildi.
Izoh (0)