Shri-Lankadan og‘irligi 1 404,49 qirot (karat) bo‘lgan dunyodagi eng yirik sapfir qazib olingan. Mamlakat poytaxti Kolombo gemmologlari qimmatbaho toshni minimum 100 million dollar, maksimum esa 175 million dollarga baholamoqda. Bu haqda CNN telekompaniyasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Telekompaniyaning ma’lum qilishicha, qimmatbaho tosh o‘tgan yilning avgustida Ratnapur hududidan topilgan. U yerda anchadan buyon sapfir, yoqut, ametist va akvamarinni qazib olish va ishlov berish jarayoni amalga oshiriladi.
“Odam Ato yulduzi” deb nomlangan qimmatbaho toshning sohibi o‘z ismi-sharifini oshkor etmagan. U, shuningdek, sapfir uchun qancha to‘laganligini ham ma’lum qilmagan.
“Unga muzeyning bebaho eksponati bo‘lish taqdiri bitilgan. U shunchalik kattaki, zargarlik buyumlari uchun mo‘ljallangan hech bir g‘ilofga sig‘maydi”, — deydi sapfir sohibi.
Izoh (0)