Rossiya tergov qo‘mitasi elektrichka temiryo‘liga tushib ketgan itini qutqarib, o‘zi halok bo‘lgan maxsus xizmat xodimining o‘limi yuzasidan tekshiruvni boshladi. Bu haqda boshqarma sayti ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Tergov tomonidan hodisaning barcha sabablari va vaziyatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan zaruriy tekshiruv tadbirlar kompleksi o‘tkazilmoqda. Jumladan, voqea joyi va halok bo‘lgan xodimning jasadi ko‘zdan kechirildi, fojia guvohlari so‘roq qilindi. Ko‘zdan kechirish vaqtida hodisa joyiga yugurib kelgan itni jabrlanuvchining hamkasblari olib ketdi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Moskva shahridagi “Ris” maxsus bo‘linmasi (SOBR) xodimi 31 yoshli Konstantin Volkov elektr poyezdi g‘ildiraklari ostidan itni qutqarib, o‘zi halok bo‘lganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)