Har birimiz bolalagimizda hammadan yashirinib olsa va o‘z sirlarimizni berkitib qo‘ysa bo‘ladigan joyimiz, biror chaylamiz bo‘lishini istaganmiz, deb yozadi TravelAsk.
Ba’zilar katta bo‘lganidan keyin ham shunday joylarda istiqomat qilishni xohlaydi. Quyida daraxtlarga uy qurishning 16 ajoyib namunasini tomosha qilishingiz mumkin.
“Uch hikoya” uyi (Kanada)
Foto: TravelAskBritaniya Kolumbiyasidagi baland daraxtda bir emas, birdaniga uchta uy qurilgan. Bu uylarni Revelstok shahri yaqinidan topasiz.
Ko‘zgu-uy (Shvetsiya)
Foto: TravelAskQariyb ko‘rinmaydigan va yashirin joy vazifasini ajoyib tarzda o‘taydigan Ko‘zgu-uy — Tree Hotel mehmonxonasining Shvetsiya shimolidagi loyihasidir. Loyiha Tham & Videgard kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Daraxtdagi in-uy (Shvetsiya)
Foto: TravelAskBu uy ham Tree Hotel loyihasining bir qismi. Tashqi tomondan katta qushning iniga o‘xshasa, ichi odatiy mehmonxona xonasining o‘zi.
Daraxtdagi loft (Uistler, Kanada)
Foto: TravelAsk26 yoshida nafaqaga chiqqanidan so‘ng, Joel Allen duradgorlik bilan shug‘ullandi va o‘z orzusiga yetdi — u qurgan uy xalqaro dizayn jurnalida ham e’tirof etilgan.
Muskok ko‘li bo‘yidagi daraxtga qurilgan uy (Ontario, Kanada)
Foto: TravelAskLukash Kos tomonidan ishlab chiqilgan uy yapon fonarini yodga soladi.
Vazir uyi (Krossvill, Tennessi, AQSh)
Foto: TravelAskBu daraxtlarda qurilgan eng katta uydir. Vazir Goratsiy Berjess uy qurishni 1993-yilda boshlagan bo‘lib, hali ham tugatmagan.
Yellow Treehouse restorani (Oklend, Yangi Zelandiya)
Foto: TravelAskBu restoran sizga ajoyib tushlik taklif qiladi va bir vaqtning o‘zida 18 mehmonni qabul qilishga qodir.
Sietldagi daraxtga qurilgan uy (AQSh)
Foto: TravelAskSietldagi ertaknamo uylardan biri. Bu yerda sehrli muhitga tushish istagida bo‘lganlar uchun olti xona bor.
Erkin ruh sferasi (Kanada)
Foto: TravelAskArxitektor Takashi Kobayashining daraxtdagi uyi (Yaponiya)
Daraxtdagi kottej (Gent, Belgiya)
Foto: TravelAskBelgiyadagi bu uy TRACK: A Contemporary City Conversion badiiy festivali uchun qurilgan. U orqa fonda turgan uyning kichiklashtirilgan ko‘rinishidir.
Qushlar va odamlar uchun daraxtda qurilgan uy (Yaponiya)
Foto: TravelAskNendo kompaniyasi tomonidan qurilgan uyning bir qismida odamlar, ikkinchisida esa qushlar yashaydi.
Bellavista (Kosta-Rika)
Foto: TravelAskBu Kosta-Rikadagi daraxtlarga qurilgan ekologik toza qishloqlarning bir qismi. U 600 akr maydonni egallaydi.
Daraxtdagi samolyot-uy (Kosta-Rika)
Foto: TravelAskBu Boeing 727 samolyoti Joan Asseri tomonidan 2 million dollar evaziga daraxtda prezident lyuks xonasini qurish maqsadida sotib olingan.
Choy uyi (Yamanasi, Yaponiya)
Foto: TravelAskBu uy yaponiyalik arxitektor Terunobu Fuximori tomonidan qurilgan.
Daraxtdagi NUJ-uy (Shvetsiya)
Foto: TravelAsk
Shvetsiyaning Tree Hotel mehmonxonasi otellar qurishda yangi yo‘ldan yurishga qaror qildi. In-uy va Ko‘zgu-uydan so‘ng ular o‘zga sayyoraliklar kemasini bunyod etishdi.
Izoh (0)