2016-yil fevralida yetkazib beriladigan Brent markasidagi neft fyuchersi narxi Londondagi ICE birjasida 1,5 foizga — bir barrel uchun 35,87 dollargacha tushib ketdi, deya xabar bermoqda “TASS”. Bu 2004-yil iyulidan buyon eng past qiymatdir.
Ekspertlar fikricha, neft kotirovkalariga Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat kompaniyasining yevropalik iste’molchilar uchun o‘z neftining asosiy navlariga chegirmalarni oshirish qarori bosim o‘tkazmoqda.
“Bir barrel Shimoli-G‘arbiy Yevropa mamlakatlari uchun 0,6 foizga, O‘rtayer dengizi mintaqasi mamlakatlari uchun 0,2 foizga arzonlashmoqda. Shu bilan birga, amerikalik xaridorlar uchun Extra Light markasi narxi bir barrel uchun 0,5 foizga pasaymoqda”, — dedi “BKS Ekspress” eksperti.
Izoh (0)