O‘zbekistonning gandbol bo‘yicha o‘smirlar va qizlar terma jamoasi Singapurda o‘tgan Janubi-Sharqiy Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, qizlar terma jamoasi mintaqaviy musobaqada barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘rinni egalladi.
Jamoa final uchrashuvida Yaponiya terma jamoasini 30:28 hisobi bilan mag‘lub etdi.
Shuningdek, o‘smirlar terma jamoasi finalga qadar yetib borib, kumush medal bilan taqdirlandi. Jamoa oltin medal uchun kechgan bahsda ikki to‘p farqi bilan Gonkong terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi.
Ta’kidlanishicha, Janubi-Sharqiy Osiyo chempionatida 10 ta terma jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.
Izoh (0)