Braziliyaning Vila-Velya shahrida bir parcha qoyatosh aholi yashovchi uylarga tushib ketdi. Bu haqda mahalliy OAV bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
Hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmadi. 15 nafarga yaqin odam jarohat olib, ularning ko‘pchiligi shifoxonaga borishdan bosh tortdi.
Ma’lum qilinishicha, to‘rtta uy butunlay vayron bo‘lib, 100 dan ziyod oila evakuatsiya qilindi.
Shaharda sodir bo‘lgan hodisa sababli favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin.
Izoh (0)