Germaniyaning Paderborn shahrida yuz bergan ommaviy yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, 66 kishi jabrlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Osnabruecker Zeitung nashrining ma’lum qilishicha, hodisada 24 ta avtomobil to‘qnashib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, avtohalokatga kutilmagan tuman sabab bo‘lgan. Deyarli ko‘rib bo‘lmaydigan ob-havo sharoitida ba’zi haydovchilarning kutilmaganda tormozni bosishi YTHni keltirib chiqardi.
YTH oqibatida 79 yoshli erkak qurbon bo‘ldi. Avtoyo‘ldagi harakat mahalliy vaqt bo‘yicha 1:00 dan ertalabgacha yopib qo‘yildi.
Izoh (0)