Argentinada 2016-yil 1-yanvarga o‘tar kechasi bir nechta voqea sabab bo‘lib, sakkiz kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetti kishi halok bo‘lib, yana bir kishi pichoqdan yaralanib vafot etdi. Shuningdek, o‘nlab kishi bevosita Yangi yil bayramini nishonlash vaqtida yaralandi.Argentinaning Buenos-Ayres shahrida 42 kishi yengil tan jarohati oldi.
Asosan, mushak otish vaqtidagi muammolar jarohat olishga sabab bo‘lgan bo‘lsada, ayrim hollarda oddiy hodisalar ham qayd etilgan. Misol uchun, bir nechta argentinalik shampan vinosini ochayotib yarlangan.
Izoh (0)