Kollej talabasi Sarasota shahrida (AQSh, Florida shtati) mashg‘ulot chog‘i hayotdan ko‘z yumdi. 21 yoshli Teyt Ramsden suv ostida nafas olmay basseyn bo‘ylab to‘rt bor aylanishga harakat qilgandi, deya xabar beradi NBC News.
Hodisa joyiga yetib kelgan shifokorlar talabani darrov suvdan chiqarib olgan, biroq qutqaruv muolajalari naf bermagan. Sarosata sherifining bildirishicha, talabaning o‘limi “baxtsiz hodisa”, deya talqin qilingan.
Sportchining mashg‘ulotini oila a’zolari kuzatib borayotgandi. Singlisi va amakivachchasi Teytning hushdan ketganligini birinchi bo‘lib payqagan, ammo bu payt yordam berish uchun kech bo‘lgandi.
Dartmut kollejining ikkinchi kurs talabasi bo‘lgan Ramsden mazkur o‘quv yurtining suzish bo‘yicha terma jamoasi tarkibiga kirgandi.
Izoh (0)