Afg‘onistonda o‘tkazilgan maxsus aksilterror operatsiyalari natijasida xavfsizlik kuchlari tomonidan 28-dekabr kuni 15 nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
“Nangarxar, Qunduz, Sori-Pul, Logar va G‘azni provinsiyalarida uyushtirilgan maxsus tadbirlar natijasida 15 nafar jangari yo‘q qilinib, yana bir kishiga tan jarohati yetkazildi”, ― deya ta’kidlanmoqda vazirlikning saytida.
Afg‘oniston politsiyasi xodimlari, qurolli kuchlarning askarlari va Milliy xavfsizlik direktorati xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan aksilterror tadbirlar davomida qurol-yarog‘ ham musodara qilindi.
Izoh (0)