Yaponiya hukumati Xitoy qirg‘oq mudofaasining qurollangan kemasi ilk bor bahsli orollar suv hududiga kirganligini ma’lum qildi. Bu haqda Associated Press ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Yaponiya qirg‘oq mudofaasining so‘zlariga qaraganda, kema taxminan to‘rtta harbiy minora bilan jihozlangan. Ushbu kema Sharqiy Xitoy dengizida qayd etilgan Xitoyning uchta kemasi ichida yagona qurollanganidir.
Agentlikning ma’lum qilishicha, 24-dekabr kuni qirg‘oq mudofaasining yana bir qurollangan kemasi qayd etilgan, biroq u bahsli orollarning suv hududiga kirmagan.
Izoh (0)